
Alisher Navoiy korpusi

154
Shikanji turrasidinkim girih yozilmaydur,
Binafshayedurur, ammo hanuz ochilmaydur.
Ko'zung jafo aro andoqdururki, bilmas o'zin,
G'arib usruk erurkim, o'zini bilmaydur.
Chu hur husnin etar vasf hozini jannat,
Sening jamolinga go'yo nazzora qilmaydur.
Damim bahori bulutida dard kojidin
Ko'zumga hech nafas yo'qki, o't choqilmaydur.
Erur mulk aro ishqim so'zi, tutung ma'zur
Ki, bu fasona hanuz el aro yoyilmaydur.
Takabbur aylama, dehqon, dekim, bu gulshanda
Qachon guli ochilibturkim, ul sochilmaydur.
O'lar Navoiyi bedilki, xalqning ko'ngli
Topildi, lek aning ovorasi topilmaydur.