
Alisher Navoiy korpusi

155
Bu kecha sham'u subh yoqo chok qildilar,
Go'yoki o'lmakimni firoqingda bildilar.
Ishqim zuhuri Vomiqu Majnung'a urdi xat,
Gar ishq daftarida burunroq bitildilar.
Ko'yida ittilar yana jon-u ko'ngul qochib,
Har qatlakim ko'p istab alarni topildilar.
Ushshoqi hajr chohidin o'lg'on zamon xalos,
Ko'yida mo'r xayli masallik yoyildilar.
Tavhid nuktasida xamush o'ldi piri dayr,
Jam'iki sharh qildilar ani, yangildilar.
Shahdur gadoyi maykada, yo'q-yo'q, g'alat dedim,
Shahni gadolar anda qachon ko'zga ildilar.
Tuz qo'y, Navoiyo, oyog'ing ishq ko'yida
Kim, anda ashk suyidin el ko'p toyildilar.