Alisher Navoiy korpusi

156

O'n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur,

Ne ajab, chun sarvinozim o'n sakiz yoshindadur.

Desa bo'lg'aykim, yana ham o'n sakiz yil husni bor,

O'n sakiz yoshinda muncha fitnakim boshindadur.

O'n sakiz yil dema, yuz sakson yil o'lsa, uldurur

Husn shohi, ul balolarkim ko'z-u qoshindadur.

Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki bor,

Barchasi ezid taolo sun' naqqoshindadur.

Tan anga siym-u ichinda tosh muzmar ko'nglidin,

Aqlg'a yuz hayrat ul oyning ich-u toshindadur.

May ketur, ey mug'ki, yuz hayrat aro qolmish

Masih, Bul-ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.

To Navoiy to'kti ul oy furqatidin bahri ashk,

Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.

  • Semantik izoh: