
Alisher Navoiy korpusi

157
Necha tortay vasl uchun men zori mahzun intizor,
Vahki, ko'zdin to'kti selobi jigargun intizor.
Demakim, ul oyg'a ko'p mushtoqsen yo muntazir,
Ishtiyoqim benihoyat, andin afzun intizor.
El mushavvashdur seni ko'zlarda andoqkim vuhush,
Dasht aro tortar zamon Laylig'a Majnun intizor.
Yo quyoshimni yetur boshimg'a, yoxud jonim ol,
Ko'p manga yetkurma, ey bemehr gardun, intizor.
Ey sahobi hajr, qilma subhi umrum tiyrakim,
Ul quyoshtin ayr-u tortibmen uzun tun intizor.
Boshima bir qatla yet, gar xud erur o'lturgali,
O'ldi tortardin chu bu zori jigarxun intizor.
Ishq shahri muntazirdurlar Navoiy qatlig'a,
Ul ikiga tortqondek tog'-u homun intizor.