
Alisher Navoiy korpusi

158
Do'stlar, men telba ahvolig'a yig'lang zor-zor,
Kim soladur gah-gah o't ko'nglumga tushkan xor-xor.
Istamas bo'lsa sabo bir-bir ko'ngul jam' aylamak,
Nega zulfungni parishonlig'din aylar tor-tor.
Sen quyosh birla munosibsen o'yunda, xo'blar
Ikki-ikki chunki kirgaylar, otoshib yor-yor.
Qo'rqaramkim, bo'lmag'ay ozurda nozuk qomating,
Egninga xush-xushki solmish chug'di anbarbor bor.
Halqa-halqa bo'ynuma solmish tanobi zulfini,
Jurmi ishqimg'a magar hukm ayladi dildor dor?
Ishq erur andoq murabbiykim, qilur yetkach asar,
Bulbul o'lg'ay, ochsa yuz bir sarvi gulruxsor sor.
Ey Navoiy, bo'ldi ul but kofiri otashparast,
Ne ajab, vah-vah, gar ursa joninga zunnor nor.