Alisher Navoiy korpusi

159

Ul ne ra'no qomat-u ruxsori farruxfoldur

Kim, havas idrokidin lol-u xirad bexoldur.

Jon o'lardin, dog'i g'amzang o'ltururdin to'ymadi,

Olloh-Olloh, ul ne maqtul-u bu ne qattoldur.

Aql pirikim malak xaylig'a erdi muqtado,

Ul pari ishqi aro bozichai atfoldur.

Huru to'bi kelmasa ollingg'a, ermas aybkim,

Ne bu ham qaddingdurur, ne ul sanga timsoldur.

Chun nishiman qildi husnung bog'ida ko'nglum qushi,

O'zga gulshang'a qilurdin mayl forng'boldur.

Vahki, chiqti shahsuvorim sekretib maydong'a mast,

To ne dinlar naqdi raxshi ollida pomoldur.

Bas manga muncha sharafkim, bergamen nisbat anga

Holima andin agar idbor, agar iqboldur.

Kir xarobot ichra, ey hamdamki, davron ahlidin

Ranji gunogun davosi jomi molomoldur.

Deding, o'lturgum Navoiyni-yu aylarsan hiyal,

Ul xud o'ldi intizor ichra, bu ne ihmoldur.

  • Semantik izoh: