Alisher Navoiy korpusi

16

Qildi yuz pora ko'ngul bo'lg'ali afgor sanga,

Yuz ko'ngul birla meni ishq giriftor sanga.

Yo'q badan birla ko'nguldin manga yuz mehnat-u dard

Kim, bo'lubtur badan afgoru ko'ngul zor sanga.

G'am tuni subh tilarsen, ko'ngul uz, zaxming ko'p,

Voqif o'lkim, damidin yetmasun ozor sanga.

Eyki, davron g'amidin yo'q senga bir lahza amon

Vahki, til birla nechuk qilg'amen izhor sanga.

Eyki, davron g'amidin yo'q senga bir lahza amon,

Bilki, xush ma'man erur kulbai xammor sanga

May ich, ei shayxki, matlub yuzi jilvasidin,

Qilmadi man' bajuz pardai pindor sanga.

Vasl ko'yida, Navoiy, turubon istama yor,

Muddai borida ul ko'yda ne bor sanga

  • Semantik izoh: