
Alisher Navoiy korpusi

160
Yana bu oqshom buzug' ko'nglum, base, badholdur,
Tan buzug' zindonida jon ham xarob ahvoldur.
Ro'zgorim tiyralikdin yuz-u xoling hajrida,
Ro'zgori xirakash ruxsori uzra xoldur.
Axtari idborim aning barcha nahsiyat bila
Toli'imning avji uzra kavkabi iqboldur.
Piri aqlimkim, manga man'i junun aylar edi,
Bir parivash ko'yida bozichai atfoldur.
Notavon jismim junun dashtidakim bo'lmish xayol,
Dema Majnun jismidinkim, ruhidin timsoldur.
Jannati ko'yungda tan soyirdurur, ko'nglum itib,
Shukr, ul uchmog'da jismim emdi forig'boldur.
Ko'nglum oldi ishq-u itti aqlu sabr-u din, bu dam
Ul buzug' mulk ichra zolim shahg'a istiqloldur.
Bevafolar o't, vafo ahli erur tufrog'kim.
Charxdin ul sarkash o'ldi, bu dog'i pomoldur.
Ey Navoiy, yor hajri dardida o'lmakdur ish,
Chun tirilgung yo'qtur, istarga bu ne ihmoldur.