Alisher Navoiy korpusi

161

Tushumga kirdi jannat ichra hur-u To'bi-yu kavsar,

Magar ko'yida topqum orazu, qaddu labidin bar.

Men ettim ishqi tarkin ham ul etti vaslidnn va'da,

Ne andindur manga bovar, ne mendindur anga bovar.

Yuzi ko'zguga, xatti yuzga ziynat berdi kim ko'rmish

Qamarg'a subhdin ravnaq, quyoshqa shomdin zevar.

Yuzinda xaymudur yo manglayidin qatra, vah, ko'rgil

Ki, guldinmu oqar shabnam, quyoshdinmu tomar axtar?!

Labida nutq-u nutqida latofat ko'rki, ne yanglig'

Sudur yoqut aro mudg'am, hayot ul su aro muzmar.

Yuzinda partavu ul partav ichra la'lini ko'rkim,

O't uzra shu'la ko'rguzdi va lekin shu'lada axgar.

Xumori hajr-u dardi ishqdin muztarmen, ey soqiy,

Karam aylab, o'tumg'a su quy, ammo jonima ozar.

Zamondin ahli yo ahli zamondin istagan ehson,

Yonar o'tdin tilarkim su chiqarg'ay, xordin gavhar.

Tilar Laylini Majnun, dilbarin miskin Navoiy, vah,

Kerak bulbulg'a gul, devonag'a yori pariy paykar.

  • Semantik izoh: