
Alisher Navoiy korpusi

162
Vahki, men bedilg'a ne ul nomusulmondin xabar,
Ul musulmonkim xabarg'a bordi, ne andin xabar.
Qosid-u jononadin yo'qkim xabarsizmen bukun
Kim ne qosiddin, ne jonon, balki ne jondin xabar.
Yo'q manga andin xabar, doim so'rub ahvolini,
Qayda bir so'rmay anga men zori hayrondin xabar.
Masti noz-ul, notavonmenkim keturgay-eltkay
Yo anga mendin xabar, yoxud manga ondin xabar
Vah, ne kun bo'lg'ayki, ul g'oyib safardin keldi deb,
Istabon mendin sevinchi, yetsa har yondin xabar
Hajr agarchi jondin itti bexabar, koshi o'lg'amen
Bexudekim, bo'lmag'ay jonimg'a hijrondin xabar.
Davr ayog'in, soqiyo, andoq to'la tutkim manga,
Qolmag'ay ne ahli davrondin, ne davrondin xabar.
Ey xush ulkim, keldi andoq mastur bordi mastkim,
Topmadi mutloq ne kelgandin, ne borg'ondin xabar.
Ey Navoiy, kim so'rar bo'lsa meni ovorani,
Dasht uza so'rg'ay magar g'uli biyobondin xabar