
Alisher Navoiy korpusi

163
Ey falak, hijron g'amidin xotirim noshod erur,
G'ayri vasl ar saltanat bersang, manga bedod erur.
Bas necha mujrimg'a bir jallodi g'amzang xaylidin,
Bir yozug'luq zor ko'nglumga necha jallod erur.
Noz ila gulshanga chun kirding — niholi qaddinga
Banda bo'lg'on sarvinoz-u savsani ozod erur.
Dam-badam yetmaydur ersa ishq zulmi ko'ngluma,
Har dam ul mazlumi mehnatkashka ne faryod erur
Necha yig'sam sabr avroqi-yu toat xirmanin,
Sarsari ishqing yetishkach, sarbasar barbod erur.
No'sh etib jomi fano, qo'ysam riyo, ayb etmakim,
Dayr piridin manga, ey shayx, bu irshod erur.
Dard mulki, g'am sipohi g'ussa naqdin arz etib,
Ey Navoiy, ishq eliga arz isti'dod erur.