Alisher Navoiy korpusi

164

Ohim g'amingda gunbadi azxarni kuydurur,

Har uchquni falakda bir axtarni kuydurur.

Otashkada o'tida samandar topar hayot,

Ko'nglum o'ti valek samandarni kuydurur.

To qomatingg'a ne uchun o'xshatti bog'bon,

Ohim samumi sarv-u sanovbarni kuydurur.

Bir o'tdurur tanimdakim, oning harorati

Ko'nglakni kul qilur, dog'i bistarni kuydurur.

Derlarki, og'iz o't desa kuymas, vale bu oh

Chun sabt bo'lsa, xoma-yu daftarni kuydurur.

La'ling xayoli ko'ngluma o't soldi, vah, ko'rung,

Ne tez erur bu bodaki, sog'arni kuydurur.

Soqiy, g'am ichra o'ldi Navoiy — piyola tut

Kim g'ussalardin ushbu o't aksarni kuydurur.

  • Semantik izoh: