Alisher Navoiy korpusi

165

Ko'nglum o'tin zohir etsam, barcha olam o'rtanur,

Shu'lasin gar tortsam, to'qquz falak ham o'rtanur.

Momug' uzra yoyibon kofur qo'ymang dog'ima

Kim, momug' dog'i tutoshur ham bu mahram o'rtanur.

Gar g'aming so'zokidin kuyar ko'ngul, ermas ajab,

Har ko'ngul ichraki tushti shu'lai g'am, o'rtanur.

Ayb emas, har lahza ohim shu'la cheksakim, ko'ngul

Bir yuzi o'tluq firoqi ichra har dam o'rtanur.

Ishqing o'ti uchqunidin jismim andoq kuydikim,

Barq xoshok uzra tushsa, bu sifat kam o'rtanur.

Qaynabon ko'z chashmasidin ashk, jismim o'rtadi,

Yetsa jo'shon su qayu uzv uzra, mahkam o'rtanur.

Ey Navoiy, ko'nglum o'ti uzra su quy bodadin

Kim, ko'ngul ul o'tqa yetmas bo'lsa bu nam, o'rtanur.

  • Semantik izoh: