Alisher Navoiy korpusi

167

Tilab yuzungni ko'ngul hajrdin farog' istar,

Qorong'u tunda nachukkim kishi charog' istar.

Bihisht borida do'zax sori qilur ohang,

Habib ko'yi turub, ulki gashti bog' istar.

Saloh ko'nglakini yirtib, oh o'tin yorutub,

Ko'ngul firoqim aro ko'ksum uzra dog' istar.

Sochingni islabon oshuftamen, zihi savdo,

Birovki mushkdin osoyishi dimog' istar.

Hayot bodasidin nash'a dog'i hayf anga

Ki, lablaring mayi davrida o'zni sog' istar.

Bu naqd jannat arodur, birovki dayr ichida

May ichsa, mug'bachalar ilgidin ayog' istar.

Qo'yung Navoiyi bedilni, qilsa ko'yiga azm

Ki ko'ngli itmish aning – aylamak so'rog' istar.

  • Semantik izoh: