
Alisher Navoiy korpusi

168
Ne tong, agar o'qi vayron ko'ngulga rog'ibdur:
Qurug' nihol buzug' bog' aro munosibdur.
Sirishk qatralari tiyra kulbam ichra, magar
Balo sipehri aro nahsvash kavokibdur.
Qoshingdag'i girih ul yuzni ko'rgali qo'ymas,
Jamol mulkida sulton ulu bu hojibdur.
Ko'ngul uyi chu sanamlardin o'ldi butxona,
Magarki, ishq bu butxona ichra rohibdur.
Talabda shevan-u g'avg'o erur mening aybim,
Yo'q ersa barcha ulus xo'blarg'a tolibdur.
Ne ixtiyor ulus bozi yerga mundoqkim,
Nujum lu'bati birla falak muloibdur.
Navoiy itti-yu ko'yida kimsa demadikim,
Bu ko'y itlari ichra birisi g'oyibdur.