
Alisher Navoiy korpusi

169
Forig'-u ozoda bilmas mubtalolardin xabar,
Shoh ko'nglida qachon bo'lg'ay gadolardin xabar.
Hajr vodiysinda kim topqay meni ovorani,
Dam-badam so'rg'ay magar dard-u balolardin xabar.
Ul vafosiz oldi ko'nglumni-yu yuz ko'rguzmadi,
Istasam oni, so'rarmen bevafolardin xabar.
G'unchadek qonlig' ko'ngul gum bo'ldi ul gul ko'yida,
Ey sabo, tut goh-gohe ul arolardin xabar.
Chun xabar yo'qtur qorarg'an ro'zgorimdin manga,
Ey sabo, tut goh-gohe ul arolardin xabar.
Chun xabar yo'qtur qorarg'an ro'zgorimdin manga,
Qayda topqaymen ko'z-u qoshi qoralardin xabar.
Ulki mastu bexabar der, ishqi jomidin meni,
Go'yiyokim, anglamaydur porsolardin xabar.
Tut Navoiy holidin gohe xabarkim, ayb emas,
Gar navozish ahli tutsa benavolardin xabar.