Alisher Navoiy korpusi

17

Bahona qatlimadur ishqdin fasona sanga,

Qilurg'a qatl ne hojatdurur bahona sanga.

O'qi o'tunlari ichra sen o'tsen, ey ko'nglum,

Boshog'lari uchidan har taraf zabona sanga.

Quruq tanim o'q uchidin ko'runmas, ey chobuk

Yaqin ketur, kerak ersa so'ngak nishona sanga

Ihota aylading, ey bahri ashk, yer kurrasin,

Ajab emastur, agar yo'qturur karona sanga

Dam urma mug'bachalar ishvasidin, ey zohid,

Vujud naqshin oqizmay mayi mug'ona sanga

Zamona tarkini kom aylabon xalos o'lg'il,

Desangki, solmasa nokomlig' zamona sanga

Navoiyo, g'ami chun jon-u ko'nglung oldi, ne sud

Surudi dilkash ila jonfizo tarona sanga.

  • Semantik izoh: