
Alisher Navoiy korpusi

170
Shomi hijron subhidek bag'rimni chok etti sipehr,
Subhg'a yetkuncha jonimni halok etti sipehr.
Subhdek bir chok yo'q, ko'nglumni balkim g'unchadek
Ishqi muhlik tig'i birla chok-chok etti sipehr.
G'am tuni har kavkabinkim jilvagar qildi, meni
Mahvashim hijronidin anduhnok etti sipehr.
Garchi kuydurdi meni, xushturki, ko'nglum ko'zgusin
G'ayr naqshidin hamul kul birla pok etti sipehr.
To balo toshini yog'durdi manga hajr ilgidin,
Demayinkim, xoksor ettiki, xok etti sipehr.
Shukrkim, jonimni ham muhtoj qildi zulmig'a,
Qotilimni nechakim bevahm-u bok etti sipehr.
G'am zaxira qo'yg'ali erdi magar ishq ahlig'a
Kim, Navoiy ko'nglini yuz ming mag'ok etti sipehr.