Alisher Navoiy korpusi

171

Kecha kuymak rasmini parvona mendin o'rganur,

Sham' kuydurmak ishida mahvashimg'a o'tkanur.

Ul pariy hajrinda men devona cheksam o'tluq oh,

Ey malak, gar bo'lmasang voqif, qanoting churkanur.

Anjum ermas, qatralar ko'k saqfida aylar ayon,

Dudi ohimkim, falak toqig'a har tun chirmanur.

Saltanat taxti uza yotqon uyumas rashkdin,

Ko'rsa boshimniki, har tun ostoning yastanur.

Baxtim uyqudin ko'z ochmas, yo'qsa chun cheksam fig'on,

So'nggi uyqu masti bo'lg'onlar ul undin uyg'anur.

O'z-o'zumga to'lg'anurmen, qad-u zulfin yod etib,

Sarvg'a gulshanda sunbul shoxi chunkim to'lg'anur.

Devvashlardin qochib tutti Navoiy bodiya,

Bu jihatdin tegrasiga dashti vahshiy aylanur.

  • Semantik izoh: