Alisher Navoiy korpusi

172

Ko'zda su – ko'ngul aro o't, ne ko'rarsen, oxir?!

Yana ahvolin alarning ne so'rarsen oxir?!

Rishtai vasl ila bir zaxmini tik, rahm aylab,

Hajr tig'i necha bag'rig'a urarsen oxir.

Ul oy oshuftalarin aylar emish diljo'liq,

Munda, ey shefta ko'nglum, ne turarsen oxir.

Tushta hajrini ko'rub men sanga sharhin aytay,

Ey hakim, ani agar aks yo'rarsen oxir.

Tiyrboronki, otar charxi muqavvas – basdur,

Necha qosh yosini qasdimg'a qurarsen oxir.

Mazrai dahr aro soch lutf ila ehson tuxmi,

Har ne eksang, ani-o'q chunki o'rarsen oxir.

Gar Navoiyg'a davodur unung, ey yor iti,

Hording erkinki, tong otquncha hurarsen oxir.

  • Semantik izoh: