Alisher Navoiy korpusi

173

Qasrning har kunguri uzra balo toshimudur?

Yo'qsa botil ishq da'vo qilg'an el boshimudur?

G'am tuni, bilmon, shafaqdur yo falak mir'otida,

Aks ko'rguzgan ko'zumning la'lgun yoshimudur?

Kofirem-u qatl aylar Ka'ba toqi ichra mast,

Yo'qsa ul xunrezning usruk ko'z-u qoshimudur?

Bir humoyun qush kecha sadqang bo'lur, ey mug'bacha,

Qof anqosimudur yo dayr xuffoshimudur?

Bog'bonkim sarv uzra aylamish payvand gul,

Sarv bo'yluq gulruxumdur, yo'qsa bo'ydoshimudur?

Ilgida jom-u ko'rar may ichra olam holini,

Yo rab, ul Jamshid yo mayxona qalloshimudur?

Tonglog'i kavsar uchun, dersen, bukun may ichmagil,

Tek tur, ey zohid, Navoiy sen kibi noshimudur.

  • Semantik izoh: