Alisher Navoiy korpusi

174

Kecha har kavkab ko'rungach, yodima oyim kelur,

Oy chu tole' bo'ldi – mehri olamoroyim kelur.

Zuhd-u taqvo, butrashingkim, bu kecha may ichkali

Baytul ehzonimg'a sho'xi bodapaymonim kelur.

Bu sarig' yuzungni ko'rmaski, Kilg'ay ko'ngli rahm,

Baski, yuzga qonlig' ashki chehra oloyim kelur.

Vah, ne hijrondur bukim, aylay desam zikri visol,

Dam-badam og'zimga ohi mehnatafzoyim kelur.

Shayx-u ibriq-u ridosin chun ko'rarmen – yodima

Dayr aro paymona birla bodapoloyim kelur.

Ozimi dashti fano bo'ldum, kelur Majnun dog'i,

Gar qadam tez urmon andindurki, hampoyim kelur.

Ko'zlar-u, jon-u ko'ngulda manzil et orasta,

Ey Navoiykim, bukun mahbubi xudroyim kelur.

  • Semantik izoh: