Alisher Navoiy korpusi

176

May labingg'a yetsa, jonimg'a harorat yetkurur,

O't agar Iso dami birla yorurkim, kuydurur.

Dardi hijron mendadurkim, umr o'tub ko'rmon yuzin,

Vasl komildur, bukim Laylig'a Majnun telmurur.

Har qo'lumni toza qonlig' dog' ila uzgan iting

Ul kishidekdurki, gul birla yog'ochni sindirur.

Keltirur ko'z bog'idin ashkim bag'ir pargolasin,

Bo'stondin uylakim gul yafrog'in su keltirur.

Er yuzin bahr etti ashkim, eyki, aytursen meni,

Tog'lar uzra nedin ahli junun yanglig' yurur.

O'yg'ay erdim ko'zni tirnog' birla, bilsam erdikim,

Bir nazardin boshima muncha balolar keltirur.

Soqiyo, sog'arni aylandurki, har soat xumor

Za'fdin boshimni sog'ar davridek aylandurur.

Qo'y taraddudkim, fano dayrig'a kirsang, mug'bacha

Ikki sog'ar birla ko'nglungni o'zungdin tindirur.

Ey Navoiy, olam ahlidin qiroq tut zinhor

Kim, muloqoti alarning ko'p malolat yetkurur.

  • Semantik izoh: