Alisher Navoiy korpusi

177

Ne ajab, har yon meni majnun boshida yoralar,

Baski, yog'di ustiga atfol elidin xoralar.

Orazing atrofida guldur ko'rungan, ey pariy,

Yo qamar davrida saf tortibdurur sayyoralar.

Har quyun go'yoki bir sargashta oshiq gardidur,

Baski, tufrog' o'ldi ishqing dashtida ovoralar.

Anglakim, ahbobni ko'nglumda mehmon etmisham,

Itlari og'zida gar ko'rsang bag'irdin poralar.

Anda Majnun — men, buyon Layli — sen etkach ijtimo',

Bir taraf devonalar, bir yon pariy ruxsoralar.

Xonaqah vaqfi suyin ichmaslar, ey shayx, anglag'il,

Gar xumor o'lsa fano dayridag'i mayxoralar.

Ey Navoiy, ishq aro o'lmaktin o'zga chora yo'q,

Bas, g'alat bo'lg'ay, demak ushshoqni bechoralar.

  • Semantik izoh: