
Alisher Navoiy korpusi

178
Turfa ko'rkim, furqatidin yuz malol ollimdadur,
Garchi ko'z har sari solsam, ul jamol ollimdadur.
Ul Masihodinki bir dam ayru tushtum, o'lmadim,
Tuzgamen, har necha bo'lsa tiyra hijron tunlari,
Gar yaqin bilsamki, ayyomi visol ollimdadur.
Anglamon: ollimdadur la'ling xayoli muttasil,
Yo aning shavqidin oqqan ashki ol ollimdadur.
Jon berib, la'lin bir o'pmakni tamanno ayladim,
Ey ko'ngul, bilkim, ajab fikri mahol ollimdadur.
Davr javridin tinarmen, ey ko'ngul, har lahzakim,
Soqiyi mahvash bila jomi zilol ollimdadur.
Ey Navoiy, deb edi vaslimg'a yetsang — jon olay,
Bo'lmog'um navmid, to ul ehtimol ollimdadur.