Alisher Navoiy korpusi

179

Menu g'ariblig'-u hajr-u benavolig'lar,

Diyor-u yor firoqig'a mubtalolig'lar.

Shikib-u sabr ila begonalig'lar aylab ko'p,

Balov-u dard bila behad oshnolig'lar.

Ne ko'zgu tutmoq erur dam-badamki, hojat emas

Sening jamolinga bu nav' xudnamolig'lar.

Seni ko'ngul bila jon kishvarida shoh aylab,

Xayol birla qilurmen ajab gadolig'lar.

Qadah keturki, necha dahr eliga ko'rguzsang

Vafo, natija emas g'ayri bevafolig'lar.

Saloh suvratida yuz fasodu voqif yor,

Boshimg'a to ne keturgay bu behayolig'lar.

Navoiy, emdiki mug' dayri ichra sen qadah ich

Ki ko'p sovug' ko'runur munda porsolig'lar.

  • Semantik izoh: