
Alisher Navoiy korpusi

18
Mehnat o'qidin qabaqdek qolmisham afg'on aro
Kim, bukun chobuksuvorim yo'qturur maydon aro.
Tiyralikdin ko'r etibtur ko'zlarim har kungi gard
Kim, bor erdi to'tiyo bu diydai giryon aro.
Senki maydon ichra yo'qsen, paykaredur joni yo'q,
Har pari paykarki markab sekretur javlon aro.
Garchi har sho'xe surar maydong'a o'q yanglig'samand,
Chun sening raxshing emas, billah, o'qidur jon aro.
Ter oqizg'an ablaqingdektur seni kelgaymu deb,
Har sari tushkan ko'zum yuz ming duri g'alton aro.
Onsiz urmish halqa chobuklar, ne yanglig' etmayin
Kim, ko'runmas zarra, xurshid o'lmasa davron aro.
Mehrdek gar tavsani gardunga mingilkim, sipehr
Past etarda farq yo'q xurshid ila Kayvon aro,
Gar quyosh zangin falakraftorlig' raxshingga os
Kim, tuzar ul zang navhang nag'masin afg'on aro.
Ey Navoiy, ket bu maydondin, gar ul hur o'lmasa,
Billah, o'lsam turmag'aymen ravzai rizvon aro.