Alisher Navoiy korpusi

180

Osilmamish qulog'ingdin yuz uzra gavharlar

Ki, ayrilibtur ul o't shu'lasidin axgarlar.

Oting ayog'ini o'pmakka na'l-u mix ermas,

Sipehr raxshidin inmish hilol-u axtarlar.

Yuzungda xay emas, obi hayot qatrasidin

Quyosh jamolig'a sun' ilgi taqti zevarlar.

Boshog'laring uchi ermaski, chiqti jismimdin,

Chiqarmisham uchubon yetkali senga parlar.

Uzor safhasida xo'blar xati demakim,

Tuz etti ishq meni o'ltururga mahzarlar.

Bahor faslida maxmur bo'lma, dashtqa chiq

Ki, lola tutti base la'lrang sog'arlar.

Navoiy oldiribon ko'nglini agar topmas,

Birovdururki, qulidur jahonda dilbarlar.

  • Semantik izoh: