Alisher Navoiy korpusi

181

Xol-u xattidinki, har birning bir o'zga holi bor,

Xat yuzinda nuqtadek mushkin xat uzra xoli bor.

Charx uza zarrin g'azol o'ldi shafaqdin jilvagar,

Yo mening mushkin g'azolimning hariri oli bor.

Bahri ashkim ichrakim topmas zarar ko'z mardumi,

Go'yiyo kirpik nayistonidin oning soli bor.

Garchi hind-u bo'lsa, maskan aylagay xurshid uza,

Xoldek ulkim jamolingdin humoyun foli bor.

Ne uchun o'lmayki, el qatlig'a aylab ehtimom,

Qotilimning chun manga navbat yetar ihmoli bor.

Kon ila daryo matoin naylasun ul kimsakim,

Dayr aro la'li ravondin jomi molomoli bor.

O'zni mast istar xarobot ichra vajd-u hol ila,

Gar Navoiyning bu dam dars ichra qiyl-u qoli bor.

  • Semantik izoh: