
Alisher Navoiy korpusi

182
Kofirekim, sen kibi ruxsori otashnoki bor,
O't solurdin lashkari islom aro ne boki bor.
Ishq o'tin ko'nglum yorutmoq istasa, yo'qtur ajib,
Kim, churuk bo'lg'on so'ngaklardin quruq xoshoki bor .
Ko'nglakim chokin tikarga mayl qilding, ey rafiq,
Bilmading go'yoki, ko'nglak ichra ko'ksum choki bor.
Eyki, dersen pok husnumdek jamol ahlida yo'q,
Men kibi ishq ahlining ham qayda ishqi poki bor.
Qatra-qatra ashk-u daf'a-daf'a ohim dudidin
Ishq mulkining ajoyib anjum-u afloki bor.
Sol yangi oy zavraqig'a atlasing, ey charxkim,
Ohdin bu shom ashkim bahrining ko'loki bor.
Ey Navoiy, qo'yma boshim sho'xlar go'y etkali
Kim, ani osmoqqa bo'lsun chobukim fitroki bor.