Alisher Navoiy korpusi

183

Har gadoykim, jahonda bir muvofiq yori bor,

Xizr umriyu Skandar hashmatidin ori bor.

Kimki ul bir ko'ngli sevgan naxl qaddin bar yedi,

Olloh-Olloh, umridin ne baxti barxo'rdori bor.

Bilsa ko'nglum holatin, shoyadki kelgay so'rg'ali

Ulki, ko'ngli ichra bir badxo'ydin ozori bor.

Ko'zlaridin kecha tong otquncha uyqum yo'qturur,

Kecha naylar anda uyqukim, iki bemori bor.

Shu'laliq yuz pora ko'nglum xayli mujgoning aro

Otashin guldurki, atrofida hadsiz xori bor.

Istasang davron jafosidin qutulmoq, ey ko'ngul,

Xonaqah tarkin qilib, mayxona ko'yi sori bor.

Hech yanglig' topmasang dayr ichra may olmoqqa vajh,

Rahn uchun bo'lsun Navoiy xirqavu dastori bor.

  • Semantik izoh: