Alisher Navoiy korpusi

184

Ikki gul vaqtidur-u ikki quyosh davronidur

Kim, ko'ngulda ul iki oraz g'ami hijronidur.

To latofatdin labing shavqi tushubtur jon aro,

Go'yiyokim ul munga tandur, bu aning jonidur.

Ko'zda har sari qizil raglar demakim, mardumin

G'amzang urdi, zaxmlar har yon yugurgan qonidur.

Multafit bo'l holatim sharhig'akim, bu doston

Shahr aro har ko'yning boshida el dostonidur.

Har quyun g'am dashti ichra ko'rsa Layli sog'inur

Kim, xas-u tufrog' aro Majnuni sargardonidur.

Ulki to mumkindurur, ko'rmish falakdin e'tibor,

Bas, mazallat ham kerak, ko'z tutsa to imkonidur.

Asrangiz o'zni Navoiy shu'lai afg'onidin

Kim, bu aqshom furqati oshubining tug'yonidur.

  • Semantik izoh: