Alisher Navoiy korpusi

185

Lo'livashimdin ayruki, qabrimda loladur,

Ul o'ynag'on kibi yog'och uzra piyoladur.

Gulzor oram-u lo'li etar la'b to'lg'anib,

Yo gul kibi uzorida mushkin kuloladur.

Ul turfa chehra doiraning chambari aro,

Xurshid davrasida aningdekki holadur.

Tablu nafir ma'rakasi ichra demangiz

Kim, ishqida ulus ishi Faryod-u noladur.

Borm-u o'yun haroratidin chehrasida ter

Yo ravza gulsitonida har sari joladur.

Gulshanda g'unchadur demakim, charx chirmag'an,

Bulbul g'izosi har sari qonlig' navoladur.

Pinhon-u oshkor Navoiydin o'lmag'i -

Gohe jafo qilib, yana gohe uyoladur.

  • Semantik izoh: