Alisher Navoiy korpusi

186

Sarv uza gul butmasa, qad uzra ruxsori nedur?

Jon agar shirin emas — la'li shakar bori nedur?

Noman hajrim kabutar parlarin gar o'rtamas,

Ul qora xatlar qanoti uzra har sori nedur?

Oraz-u zulfungda ko'nglum kofiri ishq o'lmasa,

Bas, aning bir sari but, bir sari zunnori nedur?

Rishtayi zulfig'a bog'liqdur ko'ngul ul sho'xning,

Tifl qush sudrar kibi har sari raftori nedur?

Ishq dashtida ko'rungan yerda tushmish erdi o't,

Bildim – anda o'tdur, andin bilmadim nori nedur?'

Sabz xatlar vasli holo mug'tanamdur, ey ko'ngul

Kim, bilurkim, iqtizoi charxi zangori nedur?

Gar iting debdur Navoiy qilmadi mehmonlig'im,

Kecha tishlab-tishlab olg'on jismi afgori nedur?!

  • Semantik izoh: