
Alisher Navoiy korpusi

187
Men kibi parvona ishq o'tida beoromdur,
Kim, ani ham o'rtagan bir sarvi siym andomdur.
Kom ila islomsiz o'lmak, musulmonlar, ne tong,
Mendek ulkim qotili bir kofiri xudkomdur.
Tunu kun oq-u qorasin naylayin menkim, manga
Orz-u bir xatti sabz-u orazi gulfomdur.
Xol-u zulfung saydi bo'lmoqqa magar ham jon qushi
Kim, aningdek qushqa loyiq dona birla domdur.
Ayshdindur, anda nargisdek ul olg'ay bahrakim,
Ollida besh kursi kofur ichra oltun jomdur.
Chun zamon ahli zamona rangi tutmoqdur zarur,
Dahr nofarjom uchun el holi nofarjomdur.
Ey Navoiy, chun zamona ahlida yo'qtur vafo,
Har nekim yo'qtur, tama' tutsang, xayoli xomdur.