Alisher Navoiy korpusi

188

Parivashe, dedilar, pardai hijobdadur,

Ko'rarga telba ko'ngul ani iztirobdadur.

Iti uchun tilar eshkay tanob ul chobuk

Ki, elga rishtai jon barcha pechu tobdadur.

Hamul tanob, ne tong, cheksa it kibi meni ham,

Mening chu rishtai jonim hamul tanobdadur.

Xirom vaqtida ul ganji husn erur g'ofil

Ki, ishtiyoqi ne chog'liq meni xarobdadur.

Manga vafo qilur ersang, shitob qil, ey umr,

Nedinki, umr degan bevafo shitobdadur.

Fasona har kishi ul husndin dedi, lekin

Jamoli shohidi maqsudning niqobdadur.

Hisob aylama umrungnikim, necha o'tmish

Ki, umr g'aflat ila o'tsa, ne hisobdadur.

Pariy-u yor Navoiyg'a qildilar jilva,

Bu birga rog'ibu ul birdin ijtinobdadur.

  • Semantik izoh: