
Alisher Navoiy korpusi

189
Kulbamg'a, baski, gardun g'am toshi yog'durubtur,
Sabrim uyidek ul ham yemrulgali turubtur.
Ne loladur, ne jolakim, umr uyin buzarg'a
Ko'k ra'dlar qazonin tog' ustidin qurubtur.
Furqat tuni emaskim, hijronda kuygan elning
Kuygan kulini davroni gardunga sovurubtur.
Men oh o'qi-yu gardun zulm o'qi yog'durur, vah
Kim ul o'qin urarni bu o'qtin oshurubtur.
Gardun quyoshni o'rtabkim, yerga ko'mdi go'yo
Kim, mehr jurmi birla bu nav' yozg'urubtur.
Soqiy, qadah suyidin shu'lamni past qilkim,
Bu korgahda hayrat jonimni kuydurubtur.
Sing'on safol aro may ichsam, ne tongki, davron
G'am toshidin nishotim jomini sindurubtur.
Mug' dayriy-u mayu but, xushvaqt o'lki, ko'nglin
Maydin chu mast o'lubtur – bir butqa oldurubtur.
Dunyodin o't, Navoiy, osoyish istar ersang
Kim, shug'l, har necha ko'p yuz oncha g'am turubtur.