Alisher Navoiy korpusi

19

Vahki, rasvomen yana devona-vu oqil aro,

Bul'ajab holim bo'lub afsona har mahfil aro

Muztar erdim hajrdin, yor etkan ermish tarkin mehr,

Mushkuledur ishqdin har dam manga mushkil aro

Aql-u sabr-u hush itib, ko'nglumda qoldi dog'lar,

Korvon ko'chsa, qolur o'tlar yeri manzil aro.

O'qlaring mujgon kibi giryon ko'zum atrofida,

Rost bordur ul qamishliqkim butar sohil aro.

Kirpiking tushkan ko'ngul ichra xayoling, ey pariy,

Go'yiyo Yusuf nuzul etmish chahi Bobil aro.

Qullug'ung dog'idin o'lsam, istamon ozodliq

Kim, bu tamg'adur nishoni Mudbiru Muqbil aro.

Maskaning istar Navoiy, nasya jannat ahli zuhd

Muncha-o'q bo'lur tafovut olim-u johil aro.

  • Semantik izoh: