Alisher Navoiy korpusi

190

Yo'lida kosh meni pora-pora qilg'aylar

Ki xalq holima bir-bir nazzora qilg'aylar

Bu holatimni ko'rub bori ishq asirlari

Vafosiz elni sevardin kanora qilg'aylar.

Vasiyatim buki, ko'nglumni ko'rgach-o'q ahbob,

Tutub yuzini hamul lahza qora qilg'aylar.

Bu dard ilaki o'larmen, maraz chu zohir emas,

Tabiblar bu baloga ne chora qilg'aylar.

Tamug'ni ravza sog'ing'aylar ahli hashr ul kun

Ki, telba ko'nglum o'tin oshkora qilg'aylar.

May ichki, anglamag'aylar bu dayrdin ramze,

Gar ahli zuhd yuz il istixora qilg'aylar.

Sabo, degilki, Navoiyg'a tortsunlar xat,

Alarki ahli vafoni shumora qilg'aylar.

  • Semantik izoh: