Alisher Navoiy korpusi

191

Xoli hijronida ko'nglum dardi beandozadur,

Dog'din borg'ach qora tashvishi aning tozadur.

Tushta Yusuf hay'atin ko'rdum habibim yodidin

Go'yi ul qolip, bu ruhi mahz uchun andozadur.

Zaxmim og'zi butmasidin uyqum o'chmish, ey rafiq,

Go'yiyo bu o'zga uyqu kelturur hamyozadur.

G'amzasi jallodida holin ko'ngulning bilmadim,

Ey sabo,Tengri uchun ko'yida ne ovozadur.

La'li vasfin yozmisham jon safhasidin daftari,

Har taraf jon rishtasi birla anga sherozadur.

Zaxmidin qon ko'p oqib yoxud junundindur bukim,

Ul pariy ko'yida har dam telba ko'nglim ozadur.

Itlari qut etsun o'lturgach Navoiy qonini,

Barcha gar har qatra bir jannat guliga g'ozadur.

Voqif o'lkim, beshai jahl ichra jisming hujrasi

Nafs sayyodi havo saydin tutarg'a kozadur.

  • Semantik izoh: