Alisher Navoiy korpusi

192

Lolagun to'n ichra, yo rab, ul g'azoli Chin erur

Yo ko'zumning mardumi qon yosh ila rangin erur.

Bilmon oyokim shafaq ichra erur zarrin g'azol,

Lolagun to'n ichra yoxud ul g'azoli Chin erur

Aylamish guldasta bandi sun' to'n-u jismidin,

San'atekim arg'uvon bargi aro nasrin erur.

Qadmudur bu yo erur shingarf ila yozg'on alif,

Belm-u yo toreki, la'l ichra anga taskin erur.

Ko'nglum ichra soldi ul to'n aks yoxud bo'ldi qon,

Xalq ko'nglin qon etarga, vah, bu ne oyin erur.

Bir qadah gulgun may, ey soqiy, to'la tutkim, ko'ngul

Ul buti gulgun qabo bedodidin g'amgin erur.

Ey Navoiy, qatl uchun gar xud qizil to'n kiydi yor,

Basdur ul to'n rangi ne muhtoji qatlu kin erur.

Dema tog'u lola dahr ichra - ajal qaploni bil

Kim, kiyiklar qonidin boshtin ayog' rangin erur.

  • Semantik izoh: