Alisher Navoiy korpusi

193

Bordi ulkim, sendin ayrilg'ay ko'ngul to joni bor,

Javringa qo'ydum ko'ngul, qil onchakim, imkoni bor.

Ey Masihim, men qatili ishqmen, tirguz meni,

Bir nafas, dedim, qabul etkim, nafasning joni bor.

Novaking yetkach, iki nov ochti ashkim suyidin,

Go'yi ul novakning ikki novliq paykoni bor.

Xozini jannat sen-u uchmog' guli bastur manga,

Buki har yon tig'ining jismimda tomg'an qoni bor.

Yorsa ko'ksumni, fig'on zohir qilur jon rishtasi,

Ko'nglak o'lsa chok, uzulgan torning afg'oni bor.

Jon qushi uchqoch, tuzatti jism uyin sayli fano,

Ey humoyunfol, o'shul chug'ziki, bir vayroni bor.

Shayx-u bir bodomu qon yutmoqki, piri dayrning

Nuql ila maydin fano ahlig'a ko'p ehsoni bor.

Dahr sho'xi makrig'a berma ko'ngul, yo'l bargin et,

Sen kibi har go'shada nevchunki bir mehmoni bor.

La'li hajrida Navoiy qoni qaynar demangiz,

Yangi maydek ruhidurkim, nolai pinhoni bor.

  • Semantik izoh: