Alisher Navoiy korpusi

194

Otashin gul bargidin xil'atki jononimdadur,

Xil'at ermas, ul bir o'tdurkim, mening jonimdadur.

Otashin la'lidururkim, anda muzmar bo'ldi jon,

Otashin gulbargidan xil'atki jononimdadur.

Jon qushi xunobidin tutmish malohat naxli rang,

Yo libosi lolagun sarvi xiromonimdadur.

Qatl biymidur, tarahhumning dog'i ummidi bor,

Bu libosi olkim ul nomusulmonimdadur.

Vasl shomi kuymagan parvona shoyad qolmag'ay,

Bu shafaqgun hullakim sham'i shabistonimdadur.

Tutmasun gul suhbatidin sarv o'zin ko'p sarfaroz,

Ey sabokim, ul to'ni gulgun mening yonimdadur.

Soqiyo, gulrang may solib ketur paymonakim,

Zuhd biymidin xalal ishq ichra paymonimdadur.

Ey Navoiy, istama jon bulbulin har guldakim,

Ul to'ni gulgun, labi gulbargi xandonimdadur.

  • Semantik izoh: