Alisher Navoiy korpusi

195

Hayot bog'ida to sarv-u lola bo'lg'usidur,

Mening umidi hayotim piyola bo'lg'usidur.

Surohi o'lg'usidur manga siymtan mahbub,

Boshida qil anga mushkin kulola bo'lg'usidur.

Hayot gulshani - mug' kulbasi-yu, mug'bachaning

Yuzi-yu qaddi manga sarvu lola bo'lg'usidur.

Ne ayb bazmim ichinda hazin fig'onki, surud,

Angaki qon yutar, albatta, nola bo'lg'usidur.

Qadahki holima qon yig'lar, emdi ohimdin

Sirishki qatrasi gulrang jola bo'lg'usidur.

Qachon may ichra yuzung aksi tushsa, ey soqiy,

Piyola davri o'shul oyg'a hola bo'lg'usidur.

Deding, fano nedurur, muxtasar deyin o'lmak

Ki, sharhini tilasang, yuz risola bo'lg'usidur.

Navoiy, istama kavsar mayini zuhd bila

Ki boda ichkuchi elga havola bo'lg'usidur.

  • Semantik izoh: