Alisher Navoiy korpusi

196

Yuzi gulchehra soqiyning tarab hukmig'a tug'rodur,

Yuzinda may guli ul yorlig' uzra oli tamg'odur.

Labi la'li halokimen agarchi jon fizolig'da

Masiho birla- ul go'yo o'luk birla Masihodur.

Damim dudi xirad ahlin qilur har lahza savdoi,

Dimog'imda, ko'rung, ul zulf mushkidin ne savdodur.

Sinonin ko'ksuma to chekti ul chobuk, bu xam qaddim

Hamono g'am sipohi qalbida ul o'q uchun yodur.

Labing aksi ko'zum sho'robasi bahrida go'yokim,

Chuchuk sudurki, atrofida aning talx daryodur.

Jahonni chun ko'zumga hajr shomi aylamish tiyra,

Ne sud andin mangakim, vasl subhi olamorodur.

Boshim qush oshiyoni, tan junun torojidin uryon,

Ne tong, yoshlar yugurmak har tarafdinkim, tamoshodur.

Fidosi naqd islomimki, mug' dayridagi soqiy

Ulus qonin to'kardin vahm qilmas, garchi tarsodur.

Navoiy dayr piri go'yiyokim shahr shayxig'a

Fano jomin ichurdikim, xarobot ichra g'avg'odur.

  • Semantik izoh: