Alisher Navoiy korpusi

197

Ko'ngul uyiga g'amu g'ussa saylidin ne qusur

Ki boda loyi bila qilmisham ani ma'mur,

Birovni mumkin emas tiyra aylamak qayg'u

Ki, solmish o'lg'ay anga jomi boda lam'asi nur.

Xush ul mayeki, emastur safovu lavn ichra

Tamug' o'ti bila jannat suyig'a ul maqdur.

Desam bu o't kul etar g'ussa xirmanin, ne ajab,

Desam bu su tuzatur fikr qasrini, ne qusur.

Jahon g'ami-yu uzum bodasi gumon qilmang

Ki zohir ahlig'a bu ma'ni etti buyla zuhur.

Va lek ahli haqiqatqa may erur vahdat,

G'am ushbu kasrat erurkim, qilur ko'ngulga xutur.

Ichilsa soqiyi tavfiq ilgidin ul may,

Ko'ngul bu g'amdin emas shubhakim, bo'lur mahjur.

Manga bu may bila bir jom keltur, ey soqiy

Ki ko'nglum ul g'am aro bo'lmish asr-u ko'p ranjur.

Malomat ahliga, ey piri dayr, ayog' tutsang,

Bu nav' qo'yma Navoiyni bir yo'li mastur.

  • Semantik izoh: