
Alisher Navoiy korpusi

198
Visol ahli, siz-u- jomi murod-u komronlig'lar,
Biz-u - g'am kunji-yu xunobi hajr-u notavonlig'lar.
Tanimda har taraf qonlig' yara, go'yoki qildi ishq
Qasosim hukminikim, tuttilar tegramni qonlig'lar.
Erur Farhod-u Majnun xonumoni tog' ila vodiy,
Xalos etmish meni ul qayddin bexonumonlig'lar.
Base diqqat edi ko'nglumda qilg'ach ul pariy jilva,
Junun birla mubaddal bo'ldi barcha xurdadonlig'lar.
Asar yo'q ko'nglida ul sho'xning nom-u nishonimdin,
Natija aks berdi bizga benom-u nishonlig'lar.
Men o'ldum mehridin, yuz mendek o'lsa, yo'q aning rahmi,
Bo'lur ermish birovga muncha ham nomehribonlig'lar.
Ko'han pire yo'lingda o'ldi, bir ham boqmading, yo rab
Ki, o'tkay xayr birla bu g'ururi navjuvonlig'lar.
Yana zuhdum tariqin afv qil, ey piri dayr, oxir
Ki sendin yaxshiliqdur, necha biz qilsaq yomonlig'lar.
Navoiyni deb ermishsenki, mendin o'zgani sevmish,
Kam o'lmas, Olloh-Olloh, sendin ushbu badgumonlig'lar.