Alisher Navoiy korpusi
199
Zamona bog'iki, gulbargidur nishotangez,
Ne bargi gulki, tutashmish tikanga shu'lai tez.
Taammul etkurubon rang-rang gullarni
Ki ochti qatlig'a bulbulning ushbu rangomez.
Chu no'shi vasli aro zahri hajr ezilmishdur,
Aning bu sharbatidin avlo aylamak parhez.
Ne bargi gulki, anga shahd qildi og'ushta,
Sanamlar erni kibi qildi ani sho'rangez.
Zamona ahlig'a o't solg'ali erur har tun
Sipehrikim, qilur anjum sharoridin gulrez.
Agarchi tig'i jafosi qatilidur Farhod,
Bu tig' qotilidin ham qutulmadi Parvez.
Fano yo'lig'a qadam qo'y, boshingni ovuchlab
Ki, yo'q bu yo'lda kishiga bu nav' dastovez.
Murodi subhi visolingni tiyra qilmoq erur
Ki, hajr shomin etar mushkposhu anbarbez.
Navoiy istasa tardoman eldin o'lmoq fard,
Fig'ondin o't sochibon barq yanglig' etkay xez.