
Alisher Navoiy korpusi

2
Ne sun'ungdin ajab yuz ming jahon bo'lmoq yana paydo
Ne mulkungga xalal yuz ming jahondek bo'lsa nopaydo.
Ne poyoni jalol-u kibriyodurkim tafovut yo'q
Agar yuz ming jahondek bo'lsa nopaydo vayo paydo.
Azal ham sen, abad ham sen, ne avval birla oxirkim
Anga yo'q ibtido paydo, munga yo'q intiho paydo.
Irodang birla taqdiringdin o'lg'ay ikki kavn ichra,
Agar bo'lsa fano zohir vagar bo'lsa baqo paydo.
Falak ham ojiz, axtar ham zabun, sayr-u sukun ichra
Ki, sendindur, ne bo'lsa anjum-u aflok aro paydo.
Bahona ummohot o'ldi-yu obo yo'qsa sun'ungdin,
Ato birla anog'a ne atov-u ne ano paydo.
Nechakim bahr ila kon bo'lsa, sendin tarbiyat yetmay,
Emastur mumkin o'lmoq durru la'li bebaho paydo.
Chu bahri rahmating mavj ursa, paydo bo'lmag'ay xascha,
Necha jurm ahlidinkim bo'lsa yuz ko'hi xato paydo.
Navoiyning tilin shukrungg'a go'yo aylakim, bo'lg'ay
Anga hamding gulistonida har dam yuz navo paydo.