Alisher Navoiy korpusi

20

Ey alifdek rost qadding hasrati jonlar aro,

Jism ichinda jon kibi sen barcha sultonlar aro

Qushqa o'xsharkim, tikandur oshiyoni, ey ko'ngul,

Tiyriboroni g'amingdin qoldi paykonlar aro.

G'am topar hajringda ashkim ichra ko'nglum porasin,

Ish kuni topqan kibi el g'oyibin qonlar aro.

Chok ko'nglum xo'blar ko'ngli aro topti shikast,

Vah, butun qolg'aymu yoruq shisha sandonlar aro.

Dog'lar ichra aliflar zor jismim mulkida,

G'am sipohig'a qilichlar bo'ldi qolqonlar aro.

Elga ko'yungdur makon, men qulni qavmog'lig' nedur

Bulbul o'lsa, zog' ham bo'lur gulistonlar aro.

Ista yirtuq janda kiyganlarda ma'ni maxzanin

Kim, bu yanglig' ganj o'lur ul nav' vayronlar aro.

Atlas-u zarbaft aro nodon aningdek hashv erur

Kim, xatoyi safhada sabt o'ldi afshonlar aro.

Bu eshikni chun tilab keldi Navoiy Tengridin,

Ul sababdin go'yiyokim qoldi darbonlar aro.

  • Semantik izoh: